Kontent qismiga oʻtish

Lyuksemburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 24-sentyabr, 14:36 dagi Diwikiped (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Luksemburg Buyuk Gersogligi
Grand-Duché de Luxembourg (fransuz.)
Großherzogtum Luxemburg (nem.)
Groussherzogtum Lëtzebuerg (luksemb.)
Luksemburg bayrogʻi
Shiorluksemb.«Mir wëlle bleiwe wat mir sin»
«Biz o'zligimizcha qolishni xohlaymiz»
Madhiya: Ons Hémécht
«Ona vatan»
Location of Lyuksemburg
Poytaxt Luksemburg (shahar)
Rasmiy til(lar) nemis, fransuz, luksemburg
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
Henri (Genri)
Jean-Claude Juncker (Jan-Klod Yunker)
Mustaqillik (Fransiyadan)
• Sana
9-iyun 1815
Maydon
• Butun
2 586,4 km2 (167-oʻrin)
• Suv (%)
0,00 %
Aholi
• 2010-yilgi roʻyxat
502 207 (168-oʻrin)
• Zichlik 171/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$ 64,306 mlrd (98-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$128 806
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
Qisqartma LU
Telefon prefiksi 352
Internet domeni .lu

Luksemburg (Luxembourg, Luxemburg), Lyuksemburg Buyuk Gersogligi (Grand-Duche de Luxembourd, Grossherzogtum Luxemburg) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Maydoni — 2586 km². Aholisi — 443 ming kishi (2001). Poytaxti — Lyuksemburg shahri Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga, okruglar kantonlarga, kantonlar kommu-nalarga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luksemburg — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1868-yil 17-oktabrda kuchga kirgan, unga 1919, 1948 va 1956-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Hersog (2000-yildan Anri). Qonun chiqa-ruvchi hokimiyat — Deputatlar palatasi (bir palatali parlament). Ijroiya hoki-miyatni Buyuk Hersog tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. Lyuksemburgda Davlat ken-gashi bor, uning 21 aʼzosi Buyuk Hersog tomonidan umrbod tayinlanadi.

Mamlakat hududining koʻp qismi tepaliklar uchrab turadigan 300-400 m balandlikdagi tekisliklardan iborat. Shimolida Ardenna va Reyn Slanetsli togʻlarining tarmoqlari (balandligi 400-500 m) joylashgan. Temir ruda, slanets, ohaktosh konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, yumshoq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0 dan 2° gacha, iyulniki 17° atro-fida. Yillik yogʻin 700-800 mm. Daryolari zich, sertarmoq, asosiy daryosi — Mozel. Tuprogi aksar qismida qoʻngʻir oʻrmon va chimli podzol tuproq. Luksemburg hududining 1/3 qismi (asosan, shim.) oʻrmon.

Aholisining 71 % lyuksemburglar 29 % chet elliklar (italyanlar, nemislar, fransuzlar va boshqalar). Rasmiy tillari — nemis, fransuz tillari va Luksemburg shevasi (fransik moze-lan), bu sheva 1982-yil avgustdagi qonunga binoan, milliy til maqomini olgan. Dindorlarning aksari katoliklar (95 % dan ortiq), protestant, yahudiylar ham bor. Adolisining 86 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Lyuksemburg, Esh.

Mil. boshlarida Luksemburg hududi Rim imperiyasi, milodiy 6—7-asrlarda Franklar davlati tarkibiga kirgan. 963 yildan graflik, 1354-yildan gersoglik, Luksemburg qalʼasi uning markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda Luksemburg hududi Ispaniyaga, soʻng Avstriya va Fransiyaga tobe boʻlgan. 1814—15 yil Vena kongressi qarori bilan rasman mustaqil davlat — Luksemburg Buyuk gersogligi tuzilgan, uni 1890-yilgacha Niderlandiya qiroli boshqargan. Luksemburgning hozirgi chegaralari 1839-yil Belgiya-Niderlandiya shartnomasi asosida belgilangan (bu sana Luksemburg mustaqilligi yili sifatida bayram qilinadi). 1867-yil London konferensiyasida Luksemburg „abadiy betaraf“ davlat deb eʼlon qilindi. 1890-yilda Luksemburg Niderlandiya boshkaruvidan qutulib, toʻla mustaqillikka erishdi. 1921-yildan Belgiya bilan iqtisodiy, jumladan, bojxona ittifoqi-da. 1- va 2-jahon urushlari vaqtida Germaniya Luksemburg betarafligini buzib, uning hududini bosib oldi. 1945-yil fevralda Luksemburg hududi Amerika-Angliya qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1948-yilda Luksemburg konstitutsiyasidan Luksemburgning betarafligi haqidagi modda chiqarib tashlandi. Luksemburg —1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 10-iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 23-iyun — Buyuk Gersog tugilgan kun (1921).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkatparvarlar alternativ partiyasi, 1983-yil tuzilgan; Xristian-sotsial partiya, 19-asrning 70-yillarida tashkil topgan; Luksemburg sotsialistik ishchi partiyasi, 1902-yilda asos solingan; Luksemburg demokratik partiyasi, 1946—47 yillarda vujudga kelgan; Koʻkatparvarlarning ekologik tashabbus roʻyxati partiyasi, 1989-yilda tuzilgan: Luksemburg Kommunistik partiyasi, 1921-yilda asos solingan; Demokratiya va pensiya tengligi uchun harakat qoʻmitasi, 1989-yilda tuzilgan. Luksemburg umummehnat konfederatsiyasi 1919-yilda tashkil topgan; Luksemburg xristian kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1921-yilda tuzilgan; Luksemburg kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasi, 1978-yil tashkil etilgan.

Luksemburg — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,6 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 1,4 %. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: qora metalurgiya, kimyo, koʻnchilik, sement, fayans, yogochsozlik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati. Yiliga 1,4 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Luksemburg aholi jon boshiga choʻyan va poʻlat ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Metallurgiya sanoati uchun kerakli koʻmir va koks Germaniyadan, temir rudaning koʻp qismi Fransiyadan oli-nadi. Asosiy metallurgiya kombinatlari Lyuksemburg shahri va temir konlari at-rofida joylashgan. Domna shlakidan fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Lyuksemburg (atroflari), Differdanj, Esh, Dyu-delanj shaharlari. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 135 ming ga ga yaqin.

Kichik-kichik dehqon xoʻjaliklari koʻp. Mexanizatsiya va rentabellik darajasi juda yuqori. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, javdar), kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Daryo vodiylarida bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning 50 % ga yaqini oʻtloqdan iborat. Chorvachilikda jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 80 % hosil qilinadi. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Luksemburg hududidan xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtadi. Transport yoʻli uzunligi — 275 km va avtomobil yoʻllar uz. — 5 ming km. Aviatsiya transporta rivojlangan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 90 % ga yaqini chetga chiqariladi. Chetdan mashina va uskuna, mineral xom ashyo, gazlama, neft hamda oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamla-katlari. Luksemburg — Gʻarbiy Yevropaning mo-liyaviy markazlaridan biri. Bu yerda koʻpgina bank va kompaniyalarning idoralari joylashgan. Pul birligi — Luksemburg franki; Belgiya franki ham teng muomalada.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luksemburgda 6—15 yoshdagi bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangich majburiy maktabda oʻqish muddati —8—9 yil, oʻrta maktabda (pulli) —6—7 yil, zamonaviy litseyda — 6 yil, klassik litseyda — 7 yil Luksemburgda oliy oʻquv yurtlari yoʻq. 1969-yilda xorijiy universitetlarga borib oʻqishga tayyorlovchi universitet markazi ochilgan. 1973-yilda barpo etilgan Mehnat universiteti toʻla maxsus maʼlumot bermaydi. Mamlakatda bir necha kollej va konservatoriya bor. Ilmiy muassasalari: Tabiatshunoslar jamiyati (1872), bakteriologiya laboratoriya, tibbiy tadqiqot kolleji (1818), Buyuk Hersog instituti (tarix, tibbiyot, tabiiy fanlar, tilshunoslik, adabiyot va sanʼat, ijtimoiy fanlar seksiyalari bor) va boshqa Luksemburg shahrida Milliy kutubxona (1798), Milliy muzey va rasmlar koʻrgazmasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luksemburgda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: „Luksemburger vort“, „Vua dyu Luksemburg“. („Luksemburg ovozi“, nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1848-yildan), „Tageblatsaytung fir Letseburg“ („Luksemburg kundalik varaqagazetasi“, nemis va fransuz tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1912-yildan), „Letseburger jurnal“ („Luksemburg gazetasi“, nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1880-yildan), „Republiken lorren“ („Lotaringiya respublikachisi“, fransuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1961-yildan), „Saytung fum letseburger follek“ („Luksemburg xalqi gazetasi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1946-yildan), „Sotsiale fortshret“ („Ijtimoiy taraqqiyot“, nemis tilida 2 haftada bir marta chiqadigan jurnal, 1920-yildan), „Eko de l’ endyustri“ („Sanoat aks sadosi“, fransuz tilidagi oylik jurnal, 1920-yildan), „OGB-L—aktyuel/aktyualite“ (Luksemburg kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasining nemis, fransuz tillarida va Lyuksemburg shevasida chiqadigan haftanomasi, 1919-yildan). Radio — Tele Lyuksemburg xususiy kompaniyasi, 1931-yilda tuzilgan; u „Kompani lyuksemburjuaz de telediffyuzon“ning bosh kompaniyasidir.

Luksemburg hududidan ibtidoiy madaniyat yodgorliklari (dolmenlar, toshdan yasalgan hashamatli maqbaralar, sopol idishlar), keltlarning badiiy hunarmandchilik buyumlari, Rim hukmronligi davriga oid hammom, qoʻshin qarorgoxlari, minoralar, qabariq tasvirlar, naqshlar topilgan. Ilk oʻrta asrlarda Vianden qalʼasining roman uslubidagi ibodatxonasi, Externax monastiri va bazilika turida Sankt-Villibrordus cherkovi qurilgan. Shu davrga mansub koʻpdankoʻp qasr va qalʼalarning harobalari, ayniqsa, Ardenna togʻi etaklarida koʻplab saqlanib qolgan. 16-asr 2-yarmidagi ayrim inshootlarda Uygʻonish davriga xos haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan belgilar (Luksemburg shahridagi ratusha, hozirgi gersog saroyi) paydo boʻldi, 17-asrda barokko uslubida Vitranj, Vils va boshqa qasrlar qurildi. 17-asr 2-yarmida qasrlarning strategik ahamiyati yoʻqolib, ular zodagonlarning xususiy qarorgoxlariga aylandi. Katta va kichik yangi qasrlar qurildi, eskilari taʼmirlandi, hashamdor qilib bezatildi. 19-asrda klassitsizm, 20-asr boshlarida eklektika yoyiddi. Zamonaviy meʼmorlik namunalaridan Radio uyi, Milliy teatr, Esh va Dyudelanj yaqinidagi turar joylarni, Mershdagi kimyo zavodi binosini koʻrsatish mumkin.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

8— 10-asrlarda miniatyura vujudga keldi. Jumladan, Externax miniatyura maktabi shuhrat qozondi. 14—16-asrlarda cherkovlar guzal rasmlar bilan bezatildi, haykaltaroshlik rivojlandi. 18-asrning 2-yarmida bezakli amaliy sanʼat (fayans, mebel, metall buyumlar yasash) ravnaq topdi. 19-asr sanʼatida (J. B. Freze, M. Kirsh kabi rassomlar asarlarida) fransuz maktabining taʼsiri seziladi. Birinchi jahon urushidan keyin fransuz fovizmi va nemis ekspressionizmi urf boʻldi. Mashhur moʻyqalam sohibi Y. Kutter ijodi bunga misol boʻla oladi. Uning asarlarida xoʻrlangan nochor kishilar taqdiriga achinish tuygʻusi aks etgan. Rassomlar V. Kesseler, J. Probst, M. Xofman va boshqa A. Matiss, P. Pikasso yoʻlidan bordilar, haykalta-rosh Luksemburg Verkolye abstrakt kompozitsi-yalar yaratdi.

Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luksemburg , rasman Luksemburg Buyuk Hersogligi (luksemb. Groussherzogtum Lëtzebuerg, inglizcha: Grand Duchy of Luxembourg, fransuzcha: Grand-Duché de Luxembourg, nemischa: Großherzogtum Luxemburg ) gʻarbiy Yevropada joylashgan, Belgiya, Olmoniya, Fransiya davlatlari bilan chegaradosh davlat. Poytaxti va eng yirik shahri — Luksemburg shahri. 1957 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi aʼzosi, 1945 yildan — BMT aʼzosi. Aholisi 1 milliondan kam davlatlardan biri (aholi zichligi 171 kishi/km²). Aholisining asosiy qismi Rim-Katoliklaridir.

Fayl:Luksemburg1.jpg
Luksemburg manzaralari

Luksemburg gʻarbda va shimolda Belgiya bilan, sharqda Germaniya bilan, janubda Fransiya bilan chegaradosh.

Luksemburg maydoni boʻyicha Yevropa va dunyodagi eng kichik davlatlar qatoriga kiradi — 2686 km² (maydoni Luksemburgning maydonidan kichikroq boʻlgan davlatlar karlik-davlatlar deb ataladi, baʼzida Luksemburgni ham bu roʻyhatga qoʻshishadi). Luksemburgning maydoni Fransiyanikidan 213-marta, Belgiyanikidan 12-marta kichik, boshqa tarafdan Lixtenshteyn, San Marino, Andorra, Monako kabi mamlakatlardan sezilarli darajada katta.

Shimoldan janubga 82 km, gʻarbdan sharqqa 57 kmga choʻzilgan Luksemburg xududlari Musel (Mozel) va Meuse (Maas, Myez) daryolari orasidan oʻrin olgan. Chegara chizigʻining uzunligi 359 km.

Relyef

Adirli tekisliklar gersoglikning asosiy qismini egallaydi, shuningdek shimoliy chegalari atrofida Ardenn past togʻligi (eng yuqori nuqtasi Kneiff balandligi — 565 m) joylashgan. Eng past nuqta Musel daryosidagi Sauer chuqurligi — 132 m. Luksemburgda Musel va uning burilishlari Sûre va Ourdan tashqari bir necha kichik (Eisch, Alzette, Pétrusse) Reyn daryosi basseyniga kiruvchi daryolar mavjud. Gersoglikning 1/5 qismi oʻrmonlar bilan qoplangan.

Luksemburg moʻtadil iqlim mintaqasida joylashgan, yillik yogʻinlar janubda 800mm dan shimolda 1200mm gachani tashkil qiladi; qishi yumshoq, yozda esa havo salqin boʻlib, nisbatan koʻp yogʻingachiliklar roʻy beradi.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Luksemburgning administrativ-territorial boʻlinishi: havorang — Dikirsh tumanining kantonlarga va kommunlarga boʻlinishi; jigar rang — Grevenmaxer; yashil — Luksemburg

Luksemburg uchta tumanga boʻlinadi: Diekirch (Dikirsh), Grevenmacher (Grevenmaxer) va Luxembourg. Tumanlar oʻz navbatida kantonlarga (jami 12 ta), kantonlar kommunlarga (116 ta) boʻlinadi.

Kommunlarning 12 tasi shahar maqomiga ega (maʼlumotlar 2005-yilga tegishli) :

  • Luxembourg City - Luksemburg siti - (maydoni 51,46 km², aholisi 76 420 kishi)
  • Differdange - Diferdenj - (22,18 km², 19 005 kishi)
  • Dudelange - Dadlenj - (21,38 km², 17 618 kishi)
  • Echternach - Ichternax - (20,49 km², 4 507 kishi)
  • Wiltz - Vilts - (19,37 km², 4 587 kishi)
  • Grevenmacher - Grevenmaxer - (16,48 km², 3 966 kishi)
  • Ettelbruck - Itelbruk - (15,18 km², 7 364 kishi)
  • Esch-sur-Alzette - Ish-sur-Alzet - (14,35 km², 28 000 kishi)
  • Diekirch - Dikirsh - (12,42 km², 6 165 kishi)
  • Vianden - Vianden - (9,67 km², 1 561 kishi)
  • Rumelange - Ryoʻmeleng - (6,83 km², 4 495 kishi)
  • Remich - Remish - (5,29 km², 2 986 kishi)

Luksemburgda davlat idorasining turi — Konstitutsional Rohiblik hisoblanadi. Davlat rahbari — Buyuk Gersog. Konstitutsiyaga binoan ijro etuvchi hokimiyat uning qoʻl ostida faoliyat olib boradi. Shuningdek Buyuk Gersog hukumat faoliyatini tartibini aniqlashdan tashqari, qonunlarni tasdiqlaydi, fuqarolik va harbiy mansablarga tayinlaydi, xalqaro kelishuvlarni imzolaydi. Bundan tashqari u Luksemburg qurolli kuchlari yetakchisi hisoblanadi.

Qonunlar 60 kishidan iborat bir palatalik parlament deputatlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular ommaviy, ochiq saylovlar natijasida 5 yilga saylanishadi. Saylash huquqiga 18 yoshga toʻlgan fuqarolar egadir.

Sud tizimi Yarashish sudlari, Tuman sudlari, Konstitutsion sud, Administrativ sud va Oliy suddan iborat. Asosiy huquqni himoya qilish organi bu Luksemburg Buyuk Gersogligining Politsiyasi. Tumanlarda rahbarlikni komissarlar, kantonlarda — burgmistrlar tomonidan amalga oshiriladi. Kommunlarda esa saylanadigan Kengash mahalliy hukumat hisoblanadi.