Kontent qismiga oʻtish

Oʻroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 9-oktyabr, 11:42 dagi Anakin F (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
O'roq (Museu Valencià d'Etnologia)

Oʻroq — turli boshoqli ekinlar, beda, pichan va oʻtlarni oʻrish uchun ishlatiladigan qurol. Dastaki (qoʻl) va mashina Oʻ.lari farqpanadi. Dastaki Oʻ. ilk dehkonchilik va chorvachilik paydo boʻlganidan soʻng rasm boʻlgan. Oʻrta Osiyoda tarqalgan dastaki Oʻ. turi 3 qismdan — tigʻ (yuqori qismi, uchi ichkariga sal qayrilgan), boʻyin va dasta (metall uchiga yogʻochdan oʻrnatiladi) dan iborat. Oy shakliga yaqin tigʻli (tigʻi arrasimon tishli xili ham koʻp tarqalgan) va dastali Oʻ. xili ham bor. Tik yurib oʻrish uchun ishlatiladigan Oʻ. chalgʻi Oʻ., bel Oʻ. deb ataladi. Bunday Oʻ. uzun yogʻoch dastali boʻladi. Oʻ. dastlab neolit davrida paydo boʻlgan (yogʻoch, suyakka tigʻli tosh qadab tayyorlangan). Eneolit davrida butunlay toshdan ishlangan. Jez davrida metalldan tayyorlangan, ilk temir davridan boshlab temirdan ishlana boshlagan. Oʻ. uzoq asrlar mobaynida asosiy qishloq xoʻjaligi qurollaridan biri boʻlib keldi. Texnika taraqqiyoti tufayli Oʻ. m a shinalari paydo boʻldi. Ammo dastaki Oʻ. turi hali ham keng ishlatiladi. Oʻ. mashinasi qishloq xoʻjaligi ekinlarini, beda yoki oʻtni oʻrib, kombaynning ishchi organiga yetkazib berish (kombaynlarda) yoki ularni bogʻbogʻ qilib dalaga yoyib ketish (alohida oʻt oʻrgichlarda) uchun moʻljallanadi. Asosiy ish organlari: qirqish yoki yulish apparati, motovilo (parraksimon aylanuvchi qism), transportyor. Oʻ. mashinasi traktorlar, kombaynlar yoki oʻziyurar shassilar bilan agregatlab ishlatiladi. Mas, "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasida ishlab chiqarilgan "Umid" kir 1,5 G rusumli oʻrishmaydalash mashinasi oʻtni oʻrib, maydalab va transportga ortib boradi. Bu mashina quvvati 40—70 kVt li traktorlar bilan agregatlanadi.