Kontent qismiga oʻtish

Yayla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yayla (turkcha — yozgi yaylov) — Qrim togʻlari tarkibidagi qator yassi platosimon tepalar. Bal. 1545 m gacha (RomanKosh togʻi). Ayrim Ya.lar maxsus nom bilan ataladi: Babugan Ya., AyPetri Ya.si, Yalta Ya.si; sharqiy qismida bal. 700 m gacha boʻlgan Chatirdogʻ, Qorabi, Demerji Ya. lari va boshqalar Baʼzan, Qrimdagi barcha yozgi togʻ yaylovlarini Ya. deb ataydilar. Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ya.ning yassi oʻrmonsiz toshli yuzalarida koʻplab karst voronkalari uchraydi. Ya.larda Qrim yarim orolning boshqa qismlariga nisbatan temperatura pastroq, oʻrtacha yillik temperatura 4—6°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 15°, yanvar

niki —4°. Yiliga 600–1000 mm yogʻin tushadi. Yon bagʻirlarida, ayniqsa, shim.da togʻoʻrmon landshaftlari mavjud. Ya.lar yaylov sifatida va turizm maqsadlarida foydalaniladi.