Alxa ligasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Alxa Ligasi 阿拉善盟 • | |
---|---|
38°50′51″N 105°42′11″E / 38.84750°N 105.70306°E | |
Aholisi (2010) |
231 334 |
Vaqt mintaqasi | UTCXitoy standarti |
|
Alxa ligasi yoki Alashàn ligasi (Alshaa viloyati) — Ichki Moʻgʻulistonning 12 ta prefektura darajasidagi boʻlinmalaridan biri. Alxa ligasi shimolda Mo'g'uliston, shimoli-sharqda Bayan Nur, sharqda Wuhai va Ordos, janubi-sharqda Ningxia, janub va gʻarbda Gansu shahrlari bilan chegaradosh. Alxa ligasi poytaxti — Bayanhot shahri[1]. Alxa ligasi aholisi mongol tilining Alasha dialektida soʻzlashadi.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilgi aholini roʻyxatga olish roʻyxatida Alxa ligasi hududida 231,334 nafar aholi roʻyxatga olingan. Alxa — Ichki Moʻgʻuliston avtonom viloyatining eng kam aholi yashaydigan hududi.
Alxa ligasi hududiga Tengger choʻlidan bir qancha aholi koʻchirilgan[2].
Etnik guruh | Aholi soni | Foizda |
---|---|---|
Han | 140 900 | 71,79 % |
Mongollar | 44 630 | 22,74 % |
Hui | 9331 | 4,75 % |
Manjurlar | 952 | 0,49 % |
tibetliklar | 146 | 0,07 % |
Tu | 68 | 0,03 % |
Daur | 67 | 0,03 % |
Boshqalar | 185 | 0,09 % |
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alxa ligasida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi butun Xitoy profekturalari orasida eng yuqori oʻrinda turadi. 2013-yilda aholi boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi taxminan 30 000 AQSh dollarini tashkil etdi. Mintaqada boylik bir tekis taqsimlanmagan va mahalliy aholi sonining kamligi tufayli statistik maʼlumotlar hamisha oʻzgarib turadi. Samarali iqtisodiy faoliyatning katta qismi mintaqada faoliyat yurituvchi, tabiiy resurslarni qazib oluvchi bir qancha yirik kompaniyalar homiyligida amalga oshiriladi. Bunday kompaniyalar orasida „China Kingho“ korporatsiyasining „clean coal“ texnologik operatori va Ichki Moʻgʻulistonda joylashgan „Taiximei Group“ kabilar mavjud. Alxa ligasi uzoqda joylashganligi sababli, iqtisodiy faoliyatning katta qismi Xitoyning boshqa qismlaridan kelgan mehnat muhojirlari koʻmagida amalga oshiriladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulotning yuqoriligi Xitoyning boshqa shaharlaridan kelib ishlovchi muhojirlar oyligiga taʼsir qilmaydi.
Maʼmuriy boʻlinmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alxa ligasi uchta bannerga boʻlingan:
Xarita | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Nomi | Moʻgʻul tilida | Xitoy tilida | Hanyu Pinyin | Aholisi
(2010) |
Maydoni
(km²) |
Zichlik
(/km²) |
Alxa Left Banner(Alxa Jun Banner) | ᠠᠯᠠᠱᠠ ᠵᠡᠭᠦᠨ ᠬᠣᠰᠢᠭᠤ(Alaša Jegün qosiɣu) | 阿拉善左旗 | Ālāshàn Zuǒ Qí | 173,494 | 80,412 | 2.15 |
Alxa Right Banner(Alxa Barun Banner) | ᠠᠯᠠᠱᠠ ᠪᠠᠷᠠᠭᠤᠨ ᠬᠣᠰᠢᠭᠤ(Alaša Baraɣun qosiɣu) | 阿拉善右旗 | Ālāshàn Yòu Qí | 25,430 | 72,556 | 0.35 |
Ejin Banner | ᠡᠵᠡᠨᠡ ᠬᠣᠰᠢᠭᠤ(Ejen-e qosiɣu) | 额济纳旗 | Éjìnà Qí | 32,410 | 114,606 | 0.28 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jiuquan sunʼiy yoʻldoshni ishga tushirish markazi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wulsin, Frederick R. (February 1926). "The Road to Wang Ye Fu". National Geographic Magazine 49 (2): 197.
- ↑ Haner, Josh, et al. (24 October 2016). Living in Chinaʼs Expanding Deserts, The New York Times