Kontent qismiga oʻtish

Geksozalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Geksozalar, CjHuO,, — molekulasida oltita uglerod atomi boʻlgan monosaharidlar. Tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida sof holda hamda polisaharidlar tarkibida uchraydi. Karbonil guruhiga koʻra geksozalar aldogeksozalar va ketogeksozalarga boʻlinadi. Aldogeksozalarga mansub glyukoza, galaktoza va mannoza tabiatda erkin holda yoki glyukozidlar, polisaharidlar hamda fosfor efirlari sifatida glikoproteidlar, glikolipidlar va b. murakkab birikmalar tarkibiga kiradi. Ketogeksozalardan eng koʻp tarqalgani — fruktoza. geksozalar polisaharid hamda glikozidlarni gidroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Aldova ketogeksozalardan baʼzilari (alloza, akroza, glyunoza, galtoza) sintetik yoʻl bilan ham olingan. geksozalar neytral va kucheiz kislotali muhitda barqaror. Barcha geksozalar turli qandlar va ularning hosilalarini sintez qilishda asosiy xom ashyodir. Glyukoza oziq-ovqat mahsuloti va doridarmon sifatida hamda spirt sanoatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil