Glikozidlar
Glikozidlar — molekulalari uglevod bilan biror organik birikma qoldigʻi (aglikon)ning glikozid bogʻ orqali birikishidan hosil boʻlgan organik moddalar. Ularning koʻpchiligi kristall, achchiq taʼm va oʻziga xos xidli birikmalardir. Oʻsimliklarda koʻp uchraydi, ularda turli moddalar glikozid shakliga kiradi va shu shaklda saqlanadi. Hayvonlar organizmida ham glikozid borligi aniqlangan. Moddalar almashinuvida glikozidning ahamiyati beqiyos. Achchiq bodom, oʻrik, shaftoli, olxoʻrining bargi va danagida boʻladigan amigdalin; gorchitsa va xrendagi — sinigrin; kartoshkadagi — solanin hamda oʻsimliklarni boʻyovchi — antotsianinlar eng muhim glikozid qatoriga kiritiladi. Ularning ayrimlari (azonin, strofantin) tibbiyot amaliyotida, ayniqsa yurak-tomir kasalliklarida (yurak G.i.) qoʻllanadi. Hayvonlar miyasidagi serebrozidlar va streptomitsin antibiotigi ham glikozidga kiradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |