Gvatemala bayrogʻi
Gvatemala bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Gvatemala |
Fuqarolar bayrogʻi | |
---|---|
Mutanosibligi | 5:8 |
Qabul qilindi | 28-fevral, 1885-yil |
Gvatemala bayrog'i - Gvatemala Respublikasining rasmiy ramzidir.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bayroq uchta teng vertikal chiziqdan iborat - ko'k, oq va och ko'k. Oq halollik va poklik ramzi, ko'k - qonuniylik va adolatni anglatuvchi ramz. Ikki moviy chiziq mamlakat geografiyasini ifodalaydi, chunki Gvatemala ikki okean, Tinch okeani va Atlantika okeani o`rtasida joylashgan quruqlikdir va oq bulut ostidagi mamlakatdir. Oq rang tinchlik va poklikni anglatadi. Bayroqning ranglari Markaziy Amerika Birlashgan Provintsiyalari bayrog'ining ranglaridan kelib chiqadi.[1]
Davlat va harbiy bayroqlarda oq chiziqning o'rtasida mamlakat gerbi joylashtirilgan. Gerbning elementlari erkinlik ramzi boʻlgan Gvatemala milliy qushilari quetzallar; Markaziy Amerikaning Ispaniyadan mustaqillikka erishgan sanasi yozilgan pergament varaq, 1821-yil 15-sentabr; zarur bo'lsa, Gvatemala o'zini kuch bilan himoya qilishga tayyorligini ko'rsatadigan o'zaro o'ralgan miltiqlar; dafna toji, g'alaba ramzi; va sharaf ramzi boʻlgan xochli qilichlar. Bu BMTga a'zo davlatlar orasida Mozambik, Gaiti va Boliviya bayroqlari bilan birga o'qotar qurollar mavjud boʻlgan to'rtta milliy bayroqdan biridir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy Amerika Federativ Respublikasi bayrogʻi Gvatemalada 1851-yilgacha, ispanparast fraksiya egallab, bayroqqa ispan ranglarini qizil va sariq qoʻshgunga qadar ishlatilgan. Asl ranglar 1871-yil 17-avgustda tiklandi, lekin uni boshqa bayroqlardan ajratib turish uchun bayroqqa vertikal (gorizontal emas) chiziqlar va yangi gerb qo`shildi[2].
2008-yilda Bandera de Los Pueblos (Mahalliy xalqlar bayrog'i) deb nomlangan bayroq qonun bilan qabul qilindi va shundan beri u Gvatemala Prezidenti ishtirokidagi barcha tadbirlarda Gvatemala milliy bayrog'i bilan birga namoyish etildi. Bayroq to'rt qismga bo'lingan: qizil, sariq, oq va qora, ularning har biri mos ravishda Xinka, Garifuna, Mayya va Ladino xalqlarini ifodalaydi[2].
-
Markaziy Amerika Birlashgan provinsiyalari bayrog'i 1825-1838
-
1838 - 1843-yillar
-
1843 - 1851-yillar
-
1851 - 1858-yillar
-
1858 - 1871-yillar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.fotw.info/flags/gt.html flag of guatemala
- ↑ 2,0 2,1 „Guatemala“. web.archive.org (2018-yil 13-noyabr). 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-aprel.