Polietilen
Polietilen, politen, polieten [—CH2—CH2—]l – karbozanjirli polimer. Rangsiz, yarim shaffof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga koʻra 105—130°, zichligi 920– 970&kg/m3. Elastikligi va choʻzilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar taʼsiriga chidamli; xlor va ftor taʼsirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar taʼsiriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. Polietilen – jahon miqyosida termoplastlar ishlab chiqarishda birinchi oʻrinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda (1200—1500 at), oʻrtacha bosimda (30—40 at) va past bosimda (1—7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „https://uluqiplastics.com/uz/“.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |