Qiyma
Qiyma, deb maydalangan goʻshtga aytiladi. Qiyma goʻsht qiymalagich yoki pichoq yordamida tayyorlanadi. Bunda goʻshtga piyoz yoki sarimsoq qoʻshish mumkin.
Qiymadan kotlet, pashtet pishirish mumkin; uni guruch bilan aralashtirib tok oshi, karam doʻlma masalligʻi sifatida ishlatish mumkin. Boshqa masalliqlar bilan qiyma dimlama[1], gamburger[2], chuchvara kabi taomlar pishirsa boʻladi.
Xavfsizlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qiyma yaxlit goʻshtdan zararli bakteriyalarni koʻproq yigʻishi mumkinligi bilan farqlanadi. Sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda goʻsht qiymalash bungacha toza boʻlgan goʻsht parchalarida mikroblar koʻpayishiga olib keladi; 1993-yili AQSh tamaddixonalaridan birida shunday qiymalangan goʻshtdan qilingan gamburgerlar tufayli yuzlab odamlar zaharlangan, ulardan toʻrt nafari halok boʻlgan[3].
Sanoat sharoitlarida tayyorlangan qiyma undagi bakteriyalarni oʻldirish uchun nurlantiriladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qiyma dimlama[sayt ishlamaydi]
- ↑ Qiyma goʻshtdan gamburger
- ↑ Case Study: Jack in the Box E. coli crisis(ingl.)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |