Kontent qismiga oʻtish

Río Negro provinsiyasi

Koordinatalari: 40°48′0″S 63°0′0″W / 40.80000°S 63.00000°W / -40.80000; -63.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Río Negro

Province of Río Negro
Provincia de Río Negro (ispan tili)
Provinsiya
Skyline of Río Negro
Río Negro
Bayroq
Río Negro
Gerb
40°48′0″S 63°0′0″W / 40.80000°S 63.00000°W / -40.80000; -63.00000
Mamlakat Argentina
Hukumat
 • Gubernator Alberto Weretilneck
Maydon 203,013 km2 (78,384 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Ispan tili
Aholisi
 (2022-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[1])
762,067
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCAV
Río Negro xaritada
Río Negro
Río Negro

Río Negro (talaffuzi: ˈri.o ˈneɣɾo, Qora daryo) — Argentina Respublikasi provinsiyasi, Patagoniya hududining shimoliy qismida joylashgan. Qoʻshni provinsiyalariga janubdan soat yoʻnalishi boʻyicha Chubut, Neuquén, Mendoza, La Pampa va Buenos-Ayreslar kiradi. Sharqiy qismida Atlantika okeani joylashgan.

Río Negro provinsiyasining markazi Viedma shahri boʻlib, hudud Atlantika okeanining sharqiy chekkasida, xuddi shu provinsiya nomi bilan ataluvchi daryoga (Rio-negro) yaqin joyda, eng katta shahri Bariloche esa uzoq gʻarbdagi And togʻ etaklarida joylashgan. Provinsiyaning boshqa muhim shaharlariga General Roca va Cipollettilar kiradi.

Ferdinand Magellan 1520-yilda provinsiya qirgʻoqlariga tashrif buyurgan ilk yevropalik tadqiqotchi boʻlgan. Italiyalik ruhoniy Nicolás Mascardi 1670-yilda And togʻlari etagida joylashgan Nahuel Huapi koʻli boʻyida iyezuitlarning Nuestra Señora de Nahuel Huapi missiyasiga asos solgan.

Francisco Moreno

Río Negro provinsiyasi dastlab Argentinaning Patagoniya deb nomlanuvchi hududining bir qismi (1878-yilda Gobernación de la Patagonia[2]) hisoblangan. 1884-yilda Territorio Nacional del Río Negro hududi tarkibiga kiritilgan boʻlib, general Lorenzo Vintter uning birinchi gubernatori etib tayinlangan. 1957-yilga kelib[3], Río Negro provinsiya maqomini olgan, uning birinchi viloyat gubernatori Radikal fuqarolik ittifoqi (UCR) vakili Edgardo Castello boʻlgan[4].

Río Negro Argentinaning Patagoniya hududi tarkibiga kiruvchi 6 ta provinsiyalardan biri hisoblanadi[5]. Provinsiya shimoldan Rio-kolorado daryosi bilan chegaradosh boʻlib, hududni La Pampa provinsiyasidan, sharqda Atlantika okeani, gʻarbda And togʻlari va Limay daryolaridan ajratib turadi (Neuquén provinsiyasi bilan tabiiy chegara boʻlib xizmat qiladi)[5]. 42-parallel janubiy kenglik doirasi viloyatning janubiy chegarasini bildiradi[5]. Maydoni 203,013 square kilometre (78,383.8 kv mi) boʻlib, hududi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turadi[6].

Provinsiya iqlimi past balandliklarda moʻtadil, baland And togʻlari choʻqqilarida esa juda sovuq.

Provinsiyaning sharqiy qismidagi dengiz oqimlari va gʻarbiy hududlaridagi balandliklar tufayli oʻrtacha yillik harorati provinsiyaning hududiy kengligiga nisbatan past. Oʻrtacha yillik harorat balandlik va hududning dengiz bilan orasidagi masofaga qarab oʻzgarishi mumkin. Provinsiyaning shimoliy qismlari eng issiq hududlar boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 15 °C (59.0 °F) dan yuqori, eng sovuq hududlari esa Cordillerada joylashgan boʻlib, oʻrtacha yillik harorat 10 °C (50.0 °F) darajadan past boʻladi. Eng yuqori choʻqqilarida oʻrtacha yillik harorat 0 °C dan past. Garchi yanvar oyining oʻrtacha harorati 20 dan 24 °C (68.0 dan 75.2 °F) gacha boʻlsa-da, yozgi harorat 40 °C (104.0 °F) dan oshishi mumkin. Bundan farqli oʻlaroq, And mintaqasida yoz fasli yumshoqroq, yanvar oyining oʻrtacha harorati balandlikka qarab 15 °C (59.0 °F) daraja yoki undan kam boʻlishi mumkin. Iyul oyida oʻrtacha harorat shimoliy sohilda 7 – 8 °C (44.6 to 46.4 °F) dan markaziy platoga qarab 2 – 3 °C (35.6 to 37.4 °F) gacha oʻzgarib boradi[7].

Namligi va yogʻingarchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Río Negro, „qora daryo“ va viloyatning nomi
Rio Negroning („Qora daryo“) Yuqori vodiy boʻylab joylashgan yoʻldan koʻrinishi

Markaziy tepalikda namlik va yogʻingarchilik past boʻlib, oʻrtacha namlik 50 % ni tashkil etadi[8]. Qirgʻoqqa yaqin hududlarda esa namlik baland boʻlib, oʻrtacha 60 % ni tashkil qiladi. Andean tumanida eng baland namlik kuzatilganda yillik namlik hududdagi sovuq harorat tufayli 65 % ga koʻtariladi[8]. Barcha hududlarda namlik yoz oylarida pastroq, qishda esa yuqori boʻladi[8].

And togʻlari Tinch okeanidan keluvchi namlikning katta qismini toʻsib qoʻyadi, natijada bu uning gʻarbiy qiyaliklarida katta yogʻingarchiliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Shuningdek, provinsiyaning katta qismi quruq boʻlib, oʻrtacha yillik miqdordagi yogʻingarchilik taxminan 200 millimetrni (8 dyum) tashkil etadi[8]. Qirgʻoqboʻyi hududlar va provinsiyaning shimoliy hududlarida nisbatan koʻproq yogʻingarchilik kuzatiladi va bu yiliga oʻrtacha 300 millimetni tashkil etishi mumkin[8]. Yogʻingarchilikning katta qismi Andean tumanida kuzatiladi va oʻrtacha yillik hisobda 200 millimetrdan 1000 millimetrgacha (8 dyumdan 39 dyumgacha) boradi. Shu sababdan yogʻingarchilik gradienti kuchli boʻlib, gʻarbga tomon kengayib boradi[8]. Baʼzi hududlarda yogʻingarchilik yiliga 3000 millimetrgacha (118 dyum) koʻtarilishi mumkin. Andean tumanining katta qismi Oʻrta yer dengizidagi yogʻingarchilikning tarqalishiga koʻra Markaziy Chili iqlimiga oʻxshashligi bilan sifatlanadi va yogʻingarchilikning katta qismi qish oylarida kuzatiladi. Yoz oylarida esa, asosan, quruq harorat kuzatiladi[8].

Shamoli va yorugʻligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya iqlimining asosiy xususiyatlaridan biri hududda kuzatiladigan kuchli shamol hisoblanadi[8]. Yoz kunlari qishga nisbatan shamolliroq boʻladi[8]. Shamol asosan gʻarb, shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy tomondan esadi[8]. Sohildan 10 km uzoqlikkacha boʻlgan hududlar boʻylab gʻarbdan esadigan shamollar kuchsiz boʻladi, bu vaqtda sharqiy tomondan dengiz shamoli esadi[8]. Provinsiyaning eng baland hududida shamol koʻp essa, shimoliy hududda shamol tezligi ancha past hisoblanadi[8]. Provinsiyaning shimolidan tashqari barcha hududlarida shamolning oʻrtacha tezligi sekundiga 4 metrni (13 ft/s) tashkil qiladi[8].

Provinsiyaning turli hududlarida bulutli ob-havo ham turlicha. Masalan, Andean tumanida bulut 60 % ni tashkil qilsa, qirgʻoqboʻyi hududlarda 40 % bulutli ob-havo kuzatiladi[8]. Shuning uchun Andean provinsiyadagi eng bulutli tuman hisoblanadi[8]. Quyosh nuri tushishining odatiy vaqti 10–11 soatni tashkil qiladi. Yanvar oyida bulut nisbatan kamroq hududlarda quyosh nuri tushish vaqti odatdagi vaqtdan 5 soatga, iyul oyida esa bulutli hududlarda odatdagi vaqtdan 3 soatga qisqaradi[8].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilgi roʻyxatga olish (INDEC) maʼlumotlariga koʻra, provinsiyada 638 645 nafar inson istiqomat qilgan, ulardan 316 774 nafari erkak va 321 871 nafari ayol[9]. Provinsiyada yashovchi aholi soni Argentina umumiy aholi sonining 1.6 % ini tashkil qiladi[10]. 2001-yilgi maʼlumotlar bilan solishtirganda hududda 552 822 nafar aholi istiqomat qilgan, shunga koʻra 2010-yilga kelib provinsiya aholisi 15.5 % ga oʻsgan[11]:63. Río Negro Patagonia hududidagi eng koʻp aholi istiqomat qiladigan provinsiya hisoblanadi. Hududdagi aholi soni Patagonianing boshqa provinsiyalari umumiy sonidan 30.4 % ga koʻproq hisoblanadi[12].

Provinsiya tub aholisini 4 xil guruh tashkil qilgan. Ular Tehuekche, Puelche, Pehuenche va Mapuchelardir[13]. Provinsiyaning hozirgi aholisini Mapucheslar tashkil qiladi, qolgan millat vakillari Patagonia hududining boshqa provinsiyalarida faqat kam sonlardagina qolgan[13]. Hozirgi kunda Mapucheslar Río Negroning janubiy qismida istiqomat qiladi. Biroq oʻtmishda ular Pehuencheslarning bir qismi bilan provinsiyaning gʻarbiy hududida yashagan[13].Hozirgi kunda Mapucheslar Río Negroning janubiy qismida yashasa, bundan oldin Pehuencheslarning bir qismi bilan birgalikda provinsiyaning gʻarbiy hududida istiqomat qilgan[13].Tehuelchelar koʻchmanchi xalq boʻlib, provinsiya dashtlarida ovchilik bilan shugʻullangan[13].Shuningdek, Puelcheslar ham koʻchmanchi xalq boʻlib, Nahuel Huapi koʻlining shimoliy qismida va And togʻlari atrofidagi oʻrmonlarda yashab, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan[13]. Mapucheslar mintaqaga 1880-yildan oldin Chilidan kela boshlashgan, bu esa ularning oʻz madaniyatlarini boshqa mahalliy xalqqa singdirishiga sabab boʻlgan[13]. Mapuchelar dastlab oʻtroq xalq boʻlgan va dehqonchilik bilan shugʻullangan, biroq keyinchalik otlardan foydalana boshlashganidan soʻng, koʻchmanchi xalq sifatida provinsiyaga kelishgan[13].

XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan boshlab provinsiyaga Chili, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Buyuk Britaniyadan muhojirlar kela boshlagan.

Gubernator Arabella Carreras

Provinsiya hukumati, asosan, 3 ta tarmoqqa boʻlingan. Ular Vazirlar Mahkamasini tayinlovchi xalq tomonidan saylangan gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat, qonun chiqaruvchi hokimiyat va Oliy sud tomonidan boshqariladigan sud hokimiyati.

2019-yil dekabr oyidan boshlab, Alberto Weretilneck muddati tugaganligi sababli nafaqaga chiqqanidan soʻng, Arabela Carreras viloyat gubernatori etib tayinlangan. Arabela Carreras viloyatga gubernator etib saylangan birinchi ayol hisoblanadi[14].

Río-Negro provinsiyasi konstitutsiyasi provinsiyaning rasmiy qonunidir.

Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina Federal politsiyasidir, biroq qoʻshimcha ishlar Río-Negro provinsiyasi politsiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi.

Siyosiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shimoliy Patagoniyaning siyosiy boʻlinishi: markaziy shaharlari va departament rahbarlari, milliy yoʻllari va asosiy daryolari

Provinsiya 13 ta departamentga boʻlingan:

  • Adolfo Alsina Departamenti (Viedma)
  • Avellaneda departamenti (Choele Choel)
  • Bariloche departamenti (San-Carlos de Bariloche)
  • Konesa departamenti (Umumiy Konesa)
  • General Roca departamenti (General Roca)
  • 9 de Julio departamenti (Sierra Colorada)
  • Ñorquinco Departamenti (Ñorquincó)
  • Pichi Mahuida departamenti (Rio Colorado)
  • Pilcaniyeu Departamenti (Pilcaniyeu)
  • San-Antonio departamenti (San Antonio Oeste)
  • Valxeta departamenti (Valxeta)
  • 25 de Mayo departamenti (Maquinchao)

Departament nomlari uchun manba[15].

Nahuel Huapi koʻli va Bariloche shahrining koʻrinishi

Argentinaning toʻqqizinchi eng yirik provinsiyalaridan biri boʻlgan Río Negroning iqtisodiyoti diversifikatsiyalangan xizmatlarga asoslangan boʻlib, qishloq xoʻjaligi va yengil ishlab chiqarish tarmoqlariga ega. 2006-yilda uning ishlab chiqarish hajmi 5.420 milliard AQSH dollarini, jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad 9.805 AQSH dollarini tashkil etgan[16]. 2013-yilda iqtisodiyotning ishlab chiqarish hajmi hozirgi bozor narxlarida 43.349 milliard pesoga (taxminan 7.939 milliard AQSH dollari) oshgan[17][18].

Nahuel Huapi koʻli boʻylab joylashgan Llao Llao mehmonxonasi. Turizm Río Negro iqtisodiyotining 10 % ini tashkil qiladi.

Pan American Silverga tegishli Ingeniero Jacobacci yaqinidagi Calcatreu shahrida oltin koni mavjud[19]. 2011-yil dekabr oyida viloyat hukumati minerallarni qayta ishlashda sianiddan foydalanishni taqiqlovchi qonunni bekor qilgan. Ushbu qonunning bekor qilinishi kon egalari uchun sarmoyalarni koʻpaytirish imkonini beruvchi muhim va ijobiy rivojlanish boʻlgan[20].

Nahuel Huapi koʻli And togʻlarida joylashgan koʻplab koʻllar orasidagi eng mashhuri hisoblanadi

Viloyatda turizmning ikkita asosiy yoʻnalishi mavjud boʻlib, eng koʻp turistlar tashrif buyuradigan hududlarga And togʻlari va Atlantika sohillari kiradi.

Andean hududi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Las Grutas plyaji

Provinsiyaning eng koʻp tashrif buyuriladigan hududlari Nahuel Huapi milliy bog‘i ichida joylashgan San-Carlos de Bariloche shahri yaqinidagi asosan koʻllardan iborat boʻlgan tuman hamda unga qoʻshni Neuquén provinsiyasi hisoblanadi. Ushbu hududlarga, asosan, Victoriya oroli, Camino de los Siete Lagos, Los Arrayanes milliy bogʻi va koʻllar orasidagi sayohatchilar uchun ajratilgan maxsus yoʻllar kiradi.

Atlantika sohillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janub kitlarining qaytishi sayyohlar tashrifining eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi[21]. Ular qirgʻoqqa juda yaqin joyda suzishadi. San-Matias ko‘rfazi butun dunyo boʻyicha bu turdagi suzish tijoriy jihatdan ruxsat etilgan yagona joy hisoblanadi[22].

Arroyo de La Ventana
Barrio Chacra Monte
Barrio Puente 83
Chipauquil
Clemente Onelli, Río Negro
Colan Conhue
Colonia Juliá y Echarren
Cubanea
El Caín
El Foyel
El Manso
La Lobería
Las Bayas
Mamuel Choique
Mencué
Mina Santa Teresita
Nahuel Niyeu
Naupa Huen
Paso Córdoba
Pilquiniyeu
Pilquiniyeu del Limay
Playas Doradas
Pozo Salado
Punta Colorada, Río Negro
Sierra Pailemán

  1. „Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes“. Infobae (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  2. Law Nº 954, of 11 October 1878
  3. Law Nº 14,408 of 15 June 1955 authorized the creation of the province, but this was not accomplished until 1957.
  4. „Breve Historia del Edificio de la Legislatura“. Legislatura de Río Negro. 2011-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Reseña Geografía“ (es). Gobierno de Río Negro. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  6. „División Política, Superficie y Población“ (es). Instituto Geográfico Nacional. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  7. „Provincia de Río Negro–Clima Y Metéorologia“ (es). Secretaria de Mineria de la Nacion (Argentina). 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyun.
  8. 8,00 8,01 8,02 8,03 8,04 8,05 8,06 8,07 8,08 8,09 8,10 8,11 8,12 8,13 8,14 8,15 „Provincia de Río Negro–Clima Y Metéorologia“ (es). Secretaria de Mineria de la Nacion (Argentina). 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyun.
  9. „La Patagonia–Cuestiones demográficas de la tierra del fin del mundo“ (es). Dirección Provincial de Estadísticas y Censos de la Provincia del Neuquén. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  10. „Censo Nacional de Población, Hogares y Viviendas 2010: Resultados definitivos: Serie B No 2: Tomo 1“ (es). INDEC. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  11. „Censo Nacional de Población, Hogares y Viviendas 2010: Resultados definitivos: Serie B No 2: Tomo 1“ (es). INDEC. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  12. „La Patagonia–Cuestiones demográficas de la tierra del fin del mundo“ (es). Dirección Provincial de Estadísticas y Censos de la Provincia del Neuquén. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 13,7 [rionegro.gov.ar/?typeID=0&pagina=etnias „Los pueblos originarios“] (es). Gobierno de Río Negro. 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  14. „Quién es Arabela Carreras, la primera mujer gobernadora de Río Negro“ (Spanish). Perfil (2019-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 17-noyabr.
  15. „Departments“. ARGENTINA: Río Negro. Citypopulation.de. Qaraldi: 2012-yil 22-noyabr.
  16. „El déficit consolidado de las provincias rondará los 31.500 millones este año“ (es). Instituto Argentino para el Desarrollo de las Economías Regionales. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  17. „Indicadores Económicos“ (es). Dirección de Estadística y Censos de la Provincia de Río Negro. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  18. „Official exchange rate (LCU per US$, period average) - Data“. data.worldbank.org. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
  19. „Calcatreu“. Operations. Pan American Silver. 2012-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  20. Dorothy Kosich „Boost for gold mining as Argentina's Rio Negro Province repeals cyanide ban“. Mineweb. Moneyweb Holdings (2012-yil 20-yanvar). 2012-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  21. „Whales also choose Las Grutas - Las Grutas, Patagonia, Argentina.“. www.patagonia.com.ar. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
  22. „Els Vermeulen - The Rufford Small Grants for Nature Conservation“. www.rufford.org. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.