Kontent qismiga oʻtish

Çobanoğulları bekligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Çobanoğulları bekligi
usmonli turkcha: چوبان اوغللری


1211 — 1309





1308-yilda Kichik Osiyodagi bekliklar. * A Trapezund imperiyasi * B Vizantiya imperiyasi * D Kilikiya arman davlati * E Saljuqiylar imperiyasi * 1 Çobanoğulları bekligi * 2 Karamanoğulları bekligi * 3 İnancoğulları * 4 Sâhipataoğulları * 5 Pervâneoğulları * 6 Menteşeoğulları * 7 Eşrefoğulları * 8 Candaroğulları * 9 Karasioğulları * 10 Osmanoğulları * 11 Germiyanoğulları * 12 Hamidoğulları * 13 Saruhanoğulları * 14 Aydınoğulları
Poytaxti Kastamonu
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Çobanoğulları
Bek
 - 1211—?(ilk) Hüsameddin Çoban
 - 1292—1309 (soʻngi) Çobanoğlu Mahmud Bey
Tarix
 -  1211 Hüsameddin Çoban beklikka asos soldi.
 -  1309 Candaroğulları bekligi tomonidan bosib olindi

Çobanoğulları bekligi (usmonli turkcha: چوبان اوغللری, turkcha: Çobanoğulları) — 1211-yilda Hüsameddin Çoban tomonidan asos solingan va 1309-yilga qadar Onadoʻlida mavjud boʻlgan turk-islom bekligi.

Beklikning asoschisi Hüsameddin Çoban Koʻniya sultonligi shohlari Qilich Arslon II, Kaykovus I va Alouddin kayqubodlarning xizmatidagi bir qoʻmondon boʻlgan.

Beklikka aniq qaysi sanada asos solingani manbalarda turli xil berilgan. Ammo eng eski manbalarda, 1211-yilda Hüsameddin Çoban Kastamonuning beki sifatida yozib qoldirilgan[1]. Kaykovus I va Alouddin kayqubodlarning oʻrtasidagi taht urushlaridan soʻng imzolangan tinchlik shartnomasida Hüsameddin Çoban ham ishtirok etganligi maʼlum[2]. Kaykovus Idan soʻng taxtga chiqqan Alouddin kayqubodning taxt marosimida qatnashgan Onadoʻli beklarining orasida Hüsameddin ham borligi, shohga qiymatli hadyalar bergani manbalarda uchraydi[3].

1224-yilda Hüsameddin Çoban Qrimga harbiy safar uyushtirdi va Sudak shahrini qoʻlga kiritdi. Bu safardan soʻng, oʻsha yerda masjid qurdirdi va qipchoqlar xoni va rus knyazini oʻziga tobe qildi. Hüsameddin Çoban vafot etgandan soʻng taxtga oʻgʻli Alp Yürek chiqdi[4]. Alp Yürekning hukmronlik davri haqida manbalarda deyarli maʼlumotlar uchramaydi.

1280-yilda Alp Yürekdan soʻng taxtga Muzaffereddin Yavlak Arslan chiqdi. Davlatni Turkiya saljuqiylariga vassal sifatida boshqardi. Keyin Mesud II ning tahtga chiqishiga yordam berdi. 1292-yilda Mesud II ga isyon qilgan ukasi Rukniddin Qilich Arslon tarafidan oʻldirildi[5][6]. Muzaffereddin Yavlak Arslandan soʻng taxtga oʻgʻli Çobanoğlu Mahmud Bey chiqdi. Uning davrida Vizantiyaga qarshi bir necha kichik hujumlar uyushtirildi. Ammo 1309-yilda Candaroğlu Süleyman Bey qoʻshini bilan jangda oʻldirildi va Çobanoğulları bekligi Candaroğlu bekligiga qoʻshib olindi[7].

Çobanoğulları beklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bek Hukmdorlik yili Izohlar
1 Hüsameddin Çoban 1211-? Arslon Yabgʻuning oʻgʻli Qutalmishning eng kuchli qoʻmondonlaridan biri. Qrimning Sudak shahrini bosib olib, qipchoq xoni va rus knyazini oʻziga tabe qilgan.
2 Alp Yürek ?-1280 Hukmronlik davri qisqa boʻlgan va muhim hodisalar roʻy bermagan.
3 Muzaffereddin Yavlak Arslan 1280-1292 Saljuqiylar taxt mojarolariga aralashgani bilan tanilgan.
4 Çobanoğlu Mahmud Bey 1292-1309 Ushbu beklikning toʻrtinchi va oxirgi beki. Süleyman Bey I tarafidan 1309-yilda oʻldirilgan.
  1. "Çobanoğulları" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi. Türkiye Diyanet Vakfı. 354-355 b. Archived on 4-aprel 2020-yil. Andoza:Citation error. https://islamansiklopedisi.org.tr/cobanogullari. 
  2. Yücel, Yaşar. (1989). a.g.e, syf. 37.
  3. Ersan, Mehmet; Alican, Mustafa. (2014). a.g.e, syf. 84.
  4. A. C. S. Peacock, „The Saliūq Campaign against the Crimea and the Expansionist Policy of the Early Reign of’Alā' al-Dīn Kayqubād“ (Wayback Machine saytida 2016-03-06 sanasida arxivlangan), Journal of the Royal Asiatic Society, Third Series, 16 (2006), p. 140
  5. Yakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 124.
  6. Stanford Shaw, History of the Ottoman Empire and Modern Turkey (Cambridge: University Press, 1976), vol. 1 p. 12
  7. Ersan, Mehmet; Alican, Mustafa. (2014). a.g.e, syf. 88.