Kontent qismiga oʻtish

Ashirov Sayitqosim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ashirov Sayitqosim
Сейткасим_Аширов
Hayot davri 19421946
Tavalludi 07.11.1924-yil
Qishloq Kogam, Chimkent tumani|Chimkent tumanida, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, RSFSR, SSSR
Vafoti 30.06.2004-yil
Qoʻshin turlari piyoda
Unvoni shtab serjanti
Jang/urush Ulug 'Vatan Urushi
Mukofotlari "Lenin" ordeni, „Oltin yulduz“, „Sovet qahramoni“

Seytkasim Ashirov (2004 yil 30 iyun) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, 1-Belorussiya fronti 48-armiyasining 96-piyoda diviziyasining piyoda razvedka boʻlimi komandiri, serjant[1].

Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1946) zahiradagi katta serjant.

1924-yil 7-noyabrda Qozogʻistonning Turkiston viloyati, hozirgi Otirar tumani Kogʻom qishlogʻida ota-onasi oddiy ishchi boʻlgan dehqon oilasida tugʻilgan.

1942-yil iyun oyida Qozoq SSR Chimkent viloyati Qizilqum tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yil iyuldan Ulug 'Vatan urushi janglarida qatnashib, qilgan xizmatlari uchun mukofotlangan. 1945-yildan VKP(b) aʼzosiga aylangan.

331-piyoda polkining razvedka boʻlimi komandiri (96-piyoda diviziyasi, 48-armiya, 1-Belorussiya fronti), komsomolchi serjant Ashirov Sayitqosim Belarusiyaning Brest viloyati Baranovichi tumani, Zabolotye qishlogʻi yaqinidagi janglarda alohida ajralib turdi. Bu janglardan soʻng uning harbiy unvoni balandroq boʻlgan harbiylar bilan umumiy majlislarda qatnashishi uchun ruhsat berishdi.

1944-yil 8-iyulda serjant Ashirov boshchiligidagi razvedka guruhi dushman chizigʻi orqasiga oʻtib, toʻsatdan minomyot batareyasiga hujum qildi, ofitser boshchiligidagi yetti nafar fashistni asirga oldi, oltita minomyot va ikkita dushman traktorini yaroqsiz holga keltirdi. Bu qahramonligidan soʻng palkovniklarning nazariga tushadi.

Dushman lageridagi vahimadan foydalangan 331-piyoda polki fashistlar mudofaasiga chuqur kirib borgan holda jangovar topshiriqni muvaffaqiyatli bajardi. Strategik jihatdan qiyin boʻlgan bu vazifa uchun keyinchalik mukofotlangan[2].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun serjant Ashirov Seytkasim maxsus medal bilan taqdirlangan. „Lenin“ ordeni va „Oltin yulduz“ medalini topshirgandan soʻng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (№ 6117).

1946-yilda katta serjant S.Ashirov demobilizatsiya qilindi. Oʻzining tugʻilgan qishlogʻiga qaytdi. 1951—1964-yillarda Qizilqum tuman sudining xalq sudyasi lavozimida ishlagan. 1968-yilda Oʻzbekistondagi Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. „Koʻksuskiy“ sovxozida chorvachilik boʻyicha bosh mutaxassis, soʻngra Qozogʻistonning Chimkent viloyati, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyati Chordara sovxozi direktori boʻlib ishlagan.

  1. Doljnost i voinskoe zvanie na datu predstavleniya k prisvoeniyu zvaniya Geroya Sovetskogo Soyuza.
  2. name="https://www.polkrf.ru/veterans/asirov-seitkasym-59038/2015-yil[sayt ishlamaydi] 6-ssentabr">


Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Seytkasim Ashirov  (rus.). Sayt „Geroi strani“.  (Data obraщeniya: 12 oktyabrya 2011)