Kontent qismiga oʻtish

Gary Cahill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gary Cahill
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gary James Cahill[1]
Tavallud sanasi 19-dekabr 1985-yil (1985-12-19) (39 yosh)[2]
Tavallud joyi Dronfield, Angliya
Boʻyi 6 fut 4 inches (1.93 m)[3]
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2000 AFC Dronfield
2000—2004 Aston Villa

Gary James Cahill (talaffuzi: Gari Jeyms Keyxill; 1985-yil 19-dekabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004—2005-yillarda Gary Cahill 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan[4]. 2007-yil boshida Angliyaning yangi yoshlar murabbiyi Stuart Pearce Cahillni oʻz jamoasiga taklif qilgan. Gary Cahillning Stuart Pearce qoʻl ostidagi birinchi oʻyini 2007-yil 6-fevralda ispanlarga qarshi oʻtkazilgan. Gary Cahill bu uchrashuvni zaxirada oʻtkazgan, maydonga tushmagan [5]. Uning yoshlar jamoasidagi debyuti 2007-yil 24-martda yangilangan „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan, u yerda ingliz jamoasi italiyaliklar bilan durang oʻynagan. Cahill oʻyinni boshlab bergan va butun oʻyin davomida maydonda boʻlib, markaziy himoyada Anton Ferdinand bilan birga oʻynagan[6]. 2007-yilning may oyida Gary Cahill yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan[7]. Chempionatdan oldin Gary Cahill Slovakiya yoshlar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan va turnirning oʻzida u faqat bir marta Chexiya terma jamoasi bilan guruh bosqichida oʻynagan. Hammasi boʻlib Gary Cahill Angliya yoshlar terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan[4].

2010-yil 3-sentyabrda Gary Cahill nihoyat Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan. Bolgariya bilan 2012-yilgi Yevropa chempionati saralashida u jarohat olgan Michael Dawson oʻrniga maydonga tushgan. 2002-yil fevralida Michael Barrington Rickettsdan keyin „Bolton Wonderers“ futbol klubining Angliya terma jamoasidagi vakiliga aylangan[8]. 2011-yilning 29-martida Ganaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gary Cahill ilk bor inglizlar jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushgan[9]. 2011-yilning 2-sentyabrida Bolgariyaga qarshi javob o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urgan[10]. 2012-yilning may oyida Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Roy Hodgson Gary Cahillni 2012-yilgi Yevropa chempionati tarkibga kiritgan. Biroq 2-iyun kuni Belgiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Gary Cahill darvozabon harles Joseph John Hart bilan toʻqnashuvda jagʻini shikastlagan. Ushbu jarohat tufayli u chempionatni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan[11].

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Aston Villa F. C. Angliya bayrogʻi Angliya 2004—2008 31 1
Burnley F. C. (ijara) Angliya bayrogʻi Angliya 2004—2005 32 1
Sheffield United F. C. (ijara) Angliya bayrogʻi Angliya 2007 16 2
Bolton Wanderers F. C. Angliya bayrogʻi Angliya 2008—2012 147 15
Chelsea F. C. Angliya bayrogʻi Angliya 2012—2019 288 25
Crystal Palace F. C. Angliya bayrogʻi Angliya 2019—2021 47 1
A. F. C. Bournemouth Angliya bayrogʻi Angliya 2021—2022 22 0
Umumiy faoliyatida    583 45
  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  2. The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 71-bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  3. „Gary Cahill“. Chelsea F.C.. 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 „Gary Cahill“ (en). The Football Association. 2014-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  5. „England U21 2-2 Spain U21“ (en). BBC (2007-yil 6-fevral). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  6. „England U21s draw Wembley cracker“ (en). BBC (2007-yil 24-mart). 2007-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  7. „Pearce names squad“ (en). The Football Association (2007-yil 30-may). 2008-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  8. „England and Spurs' Michael Dawson set for long lay-off“ (en). BBC (2010-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  9. Nakrani, Sachin. „England v Ghana: Winners and losers“ (en). The Guardian (2011-yil 29-mart). 2017-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  10. Draper, Rob. „Cahill's whirlwind: Gary puts country first after missing out on dream transfer“ (en). Daily Mail (2011-yil 3-sentyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  11. „England lose defender Cahill to broken jaw“ (en). UEFA (2012-yil 3-iyun). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.