Guldursun qalʼasi
qoraqalpoqcha: Gúldirsinqala | |
Guldursun qalʼa | |
Manzilgoh | Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston |
---|---|
Koordinatalar | 41°41′35.1″N 60°58′53.4″E / 41.693083°N 60.981500°E |
Turi | Manzilgoh |
Tarix | |
Davrlar | Parfiya, Sosoniylar |
Makon qaydlari | |
Vaziyat | Vayron boʻlgan |
Guldursun qalʼasi – Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl shahridan 9 km shimolda joylashgan qalʼa harobasi (miloddan avvalgi II-I asr – milodiy XIII asr boshi)[1]. Bu Xorazmning eng yirik qalʼalaridan biri boʻlib, devorlarining umumiy uzunligi 1 kilometrga yaqin, ichki maydoni esa taxminan 6,4 gektar (64 ming kvadrat metr yoki 15,8 akr) ni tashkil qiladi. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (maydoni 35 ga), shinakli va burjli 2 qator paxsa devori boʻlgan. Hozirgi Oʻzbekistondagi „Ellik qalʼa vohasi“ tarkibiga kiradi[2]. Oxirgi marta Xorazmshoh Muxammad II (1169, 1200—1220), Xorazmlar imperiyasining moʻgʻullar istilosi qoʻliga tushgunga qadar egallagan. Milodiy V asrda nomaʼlum sabablarga koʻra, vayrona holiga kelgan. Taxminan XII asr 1-yarmida qayta tiklanib, xorazmshohlar davlatining dasht chegarasidagi muhim istehkomi hisoblangan. XIII asr boshida moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Turar joy qoldiqlari, sopol idish boʻlaklari, mis tangalar va boshqalar topilgan.
-
Guldursun-Qal’aning ichki panoramasi
-
Guldursun-Qal’a – Xorazm vohasida joylashgan asosiy qal’alardan biri.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ducke, Isa; Thoma, Natascha. Usbekistan (de). Dumont Reiseverlag, 2015 — 385-bet. ISBN 978-3-7701-7739-4.
- ↑ Adrianov, Boris V.; Mantellini, Simone. Orolbo‘yining qadimiy sug‘orish tizimlari: Orolbo‘yining qadimgi irrigatsiya tizimlari (en). Oxbow Books, Limited, 31 December 2013 — 38-bet. ISBN 978-1-78297-167-2.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |