Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Abdurahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrokhim Abdurakhmonov
Ibrokhim Yulchiyevich Abdurakhmonov
 Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri
 
Mansab davri
2023-yil 25-oktyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Aziz Voitov
 1-Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
 
Mansab davri
2022-yil 30-dekabr – 2023-yil 25-oktyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Odil Abdurahmonov
 1-Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri
 
Mansab davri
2017-yil 29-noyabr – 2022-yil 30-dekabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-fevral 1975-yil (1975-02-19) (49 yosh)
Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR
Taʼlim Oʻzbekiston milliy universiteti
Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universiteti
Ilmiy unvoni Akademik

Ibrokhim Yulchiyevich Abdurakhmonov (1975-yil 19-fevral, Gʻovasoy, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi va olim[1]. 2012-yilda Oʻzbekiston genomika va bioinformatika markaziga asos solgan. Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2010-yilda TWAS va ICAC mukofotlarining sovrindori boʻlgan. 2017 – 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan[2]. 2022-yilda Xitoy xalqaro madaniy almashuvlar markazi (CICEC) hamda Global People oynomasining „Ipak yoʻli doʻstlik elchisi“ unvoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangan[3]. 2023-yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan[4]. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi hamda Jahon Fanlar Akademiyasi aʼzosi[5][6][7].

Ibrokhim Abdurakhmonov 1975-yilning 19-fevralida Namangan viloyati, Chust tumani, Gʻovasoy qishlogʻida tugʻilgan.

1997-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) biotexnologiya fakultetini tugatgan. „Umid“ jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi. 2001-yilda Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universitetini (AQSh) oʻsimliklar seleksiyasi boʻyicha fan magistri darajasini tamomlagan, soʻngra ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun Oʻzbekistonga qaytib kelgan[8].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997 – 1998-yillarda Genetika va eksperimental oʻsimliklar biologiyasi institutida kichik ilmiy xodim, aspirant boʻlib ishlagan. 2002 – 2012-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklarning eksperimental biologiyasi instituti Genomik texnologiyalar markazi laboratoriyasining loyiha menejeri boʻlgan[9]. 2002 – 2008-yillarda amerikalik olimlar bilan hamkorlikda paxta genomikasi boʻyicha tadqiqotlar bilan shugʻullangan. Bu tadqiqotlar natijasi yuqori sifatli, uzoq pogʻonali, serhosilva ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan gʻoʻzanavlarini olishning gen-nokaut texnologiyasi boʻldi.

2008-yilda molekulyar genetika yoʻnalishi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari doktor iilmiy darajasini olgan. 2011-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi molekulyar genetika va molekulyar biotexnologiya kafedrasi professori unvoni berilgan. Ibrokhim Abdurakhmonov 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, „Oʻzpaxtasanoat“ uyushmasida yangi mustaqil tadqiqot markazi – Genomika va bioinformatika markazini tashkil etish jarayoniga rahbarlik qilgan va keyinchalik ushbu tashkilot rahbari etib tayinlangan. 2016-yilda mazkur markaz Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining eng yirik ilmiy muassasasi hisoblangan[10].

2014-yil 26-oktyabrda Maskat shahrida Ibrokhim Abdurakhmonov Jahon Fanlar Akademiyasining aʼzosi boʻldi[11]. 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2017-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga tayinlangan[1][12][13]. Abdurakhmonov rahbarligida „2019 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi“ va „2022 – 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi“ ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi farmoni bilan Ibrokhim Abdurakhmonov Paxtachilik kengashi raisi etib tayinlandi.

2022-yil oxirida Oʻzbekistonda hukumat tarkibi qayta tuzildi. Prezident farmoni bilan Ibrokhim Abdurakhmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlanadi[14]. 2023-yilning 24-oktyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[15].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrokhim Abdurakhmonov oʻsimliklar genomikasi, germplazma xarakteristikasi, genetik xaritalash, marker seleksiyasi, transgenomika, proteomika va bioinformatika boʻyicha tadqiqotlarga ixtisoslashgan. Abdurakhmonovning bevosita rahbarligida dunyoda birinchi marta „muvozanatsiz bogʻlanish“ usuli yordamida gʻoʻzaning elitanavlarini koʻpaytirishda qoʻllaniladigan markerlar aniqlangan. Oʻzbekistonda yetishtiriladigan gʻoʻzanavlarining molekulyar genetik pasportlari ham yaratilgan.

Ibrokhim Abdurakhmonov Texas universiteti va AQSH Qishloq xoʻjaligi departamentidagi hamkasblari bilan hamkorlikda gʻoʻzagenlarini (RNK interferensiyasini) „oʻchirish“ hamda ushbu texnologiyani amaliyotda qoʻllash texnologiyalarini ishlab chiqdi. Ushbu gen-nokaut texnologiyasi yordamida yuqori sifatli, uzoq pogʻonali, serhosil va ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan gʻoʻzanavlari olindi[16][17][18].

U quyidagi loyihalarga rahbarlik qilgan: „Oʻzbekiston paxta germplazmasi resurslaridan foydalangan holda tola hosildorligi va sifat genlarini molekulyar xaritalash“, „Gʻoʻza fitoxromlari va gullash genlarini xarakterlash va molekulyar xaritalash“, „Fuzarioz vilti kasalligining miqdoriy belgi gen/lokuslarining molekulyar tavsifiva assotsiatsiyasi“ kabi loyihalarga rahbarlik qildi va yaxshilangan gʻoʻza germplazmasini ishlab chiqish" va „Gʻoʻza germplazmasining oʻtnematodasi, fusarium vilti kasalligi gaqarshi potentsial chidamliligini baholash va nomzod gen markerlarini ishlab chiqish“[19].

Professor Abdurakhmonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari va veterinariya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy unvonlar berishni muvofiqlashtiruvchi va attestatsiyadan oʻtkazuvchi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi hisoblanadi. U, shuningdek, Xalqaro paxta genomi tashabbusi (ICGI) va Xalqaro paxta tadqiqot assotsiatsiyasi (ICRA) Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.

Bugungi kunda u oʻsimlikshunoslik boʻyicha bir qancha xalqaro va milliy jurnallarning tahririyat kengashi aʼzosi, masalan, „American Journal of Plant Sciences“, „Plant Genomics“, „Integrated OMICS“, „Technologies of 21st Century“ va boshqalar.

Toshkent agrar universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti talabalari uchun molekulyar genetika, genetik muhandislik, biotexnologiya va inson genetikasi boʻyicha maxsus kurs olib boradi. Oliy oʻquv yurtlarida bakalavriat talabalari ishiga rahbarlik qilgan, bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga maslahatlar bergan.

  • 1998-yil – Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universiteti taʼlim olishi uchun „Umid“ jamgʻarmasi stipendiyasi.
  • 2004 va 2006-yillar – ISTEʼDOD jamgʻarmasining xorijda tahsil olayotgan mutaxassislar uchun oʻtkazilgan konferensiyalarda faol ishtirok etgani uchun birinchi darajali diplomi.
  • 2010-yil – Qishloq xoʻjaligidagi fundamental tadqiqotlar va paxta genomining genetik xilma-xilligiga qoʻshgan hissasi uchun TWAS Xalqaro Fanlar Akademiyasi mukofoti[20].
  • 2010-yil – „Koʻkrak nishoni“ davlat mukofoti.
  • 2010 – 2013-yillar Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qoʻshgan hissasi uchun Xalqaro Paxta Maslahat Qoʻmitasi (ICAC) tomonidan „Yilning eng yaxshi paxta tadqiqotchisi“ deb topilgan[21][22].
  • 2016-yil – mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25-yilligi“ koʻkrak nishoni sohibi.
  • 2018-yil – „Elsevier“ ilmiy nashriyoti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligi hamkorligida „Qishloq xoʻjaligining eng yaxshi olimi SCOPUS AWARD-2018“ bilan taqdirlangan[23].
  • 2021-yil – Oʻzbekiston Respublikasida fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi islohotlarga qoʻshgan ulkan hissasi uchun „Xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator“ davlat mukofoti sohibi.
  • 2021-yil – Fan va texnika rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekiston mustaqilligiga 30 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
  • 2022-yil – Xalqaro ilmiy tashkilotlar ittifoqi (ANSO), Xitoy xalqaro madaniy almashinuv markazi (CICEC) va Xalqaro xalq jurnali (GPM) tomonidan xorijiy mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Ipak yoʻli doʻstlik elchisi“ mukofoti bilan taqdirlangan[24].
  • 2023-yil – UNESCOning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha xalqaro mukofoti sohibi[25].
  • 2023-yil – VCANBIO va Xitoy Fanlar Akademiyasining biologik fanlar va meditsina xalqaro mukofoti sohibi[26].
  1. 1,0 1,1 „O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirigi (Rahbariyat)“.
  2. „O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi“ (en). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  3. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI“.
  4. „Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi“. Oyina.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  5.  Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  6.  PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  7. „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  8. „administraciya“.
  9. https://twas.org/article/twas-announces-2010-prize-winners
  10. „Администрация“ (2021-yil 21-yanvar). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  11. https://twas.org/directory/abdurakhmonov-ibrokhim
  12. arxiv nusxasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-14
  13. „O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi“ (en). Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  14. „В Узбекистане утверждён новый состав правительства (список)“ (2022-yil 30-dekabr).
  15. „Қишлоқ хўжалиги вазирлигига янги раҳбар тайинланди“. Kun.uz. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  16. https://web.archive.org/web/20171225074854/http://paxtasanoatilm.uz/ru/ibroxim-abduraxmonov-direktor-centra-genomiki-i-bioinformatiki-pri-akademii-nauk-ministerstve-selskogo-i-vodnogo-xozyajstva-i-associacii-uzpaxtasanoat-stal-chlenom-vsemirnoj-akademii-nauk/
  17. https://science.tamu.edu/news/2014/01/texas-am-biologist-former-student-develop-a-longer-stronger-cotton-fiber/
  18. https://geneticliteracyproject.org/2014/01/21/gene-technology-develops-longer-stronger-cotton-fiber/
  19. „Резюме“ (2021-yil 26-fevral). 2021-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  20. „TWAS Announces 2010 Prize Winners“. twas.org. Qaraldi: 30-sentabr 2023-yil.
  21. https://www.cottongrower.com/cotton-news/researcher-from-uzbekistan-honored-by-icac/
  22. https://web.archive.org/web/20210414123657/https://twas.org/directory/abdurakhmonov-ibrokhim
  23. https://www.univ-silkroad.uz/ru/news/novosti-universiteta/item/34-samye-luchshie-uchjonye-uzbekistana-nagrazhdeny-premiej-scopus
  24. https://uzdaily.uz/ru/post/69468
  25. „UNESCO-Equatorial Guinea International Prize for Research in the Life Sciences“ (inglizcha). unesco.org. Jibuti, Equatorial Guinea: UNESCO Prizes. Qaraldi: 11-mart 2023-yil.
  26. „26人获选!这一大奖连评8年,超百位科学家脱颖而出“. mp.weixin.qq.com. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.