Kimyoviy qurollar
Ommaviy qirgʻin qurollari |
---|
Turlari |
Davlatlar miqyosida |
|
Tarqalishi boʻyicha |
|
Shartnomalar |
Kimyoviy qurol — bu raketalar, minalar, aviatsion bombalar yordamida ishlatiladigan zaharlovchi vosita hisoblanadi. Yadroviy va biologik qurollar bilan bir qatorda ommaviy qirgʻin qurollariga kiradi. Shuningdek yondiruvchi aralashmalarni ham kimyoviy qurollarga bogʻlashadi.
Shuningdek, kimyoviy qurollar ommaviy qirgʻin qurollari turlaridan biri. Shikastlash taʼsiri kimyoviy zaharlovchi moddalar (ZM) ning zaharlash xossalariga asoslangan. Asosiy tarkibiy qismlari — jangovar kimyoviy moddalar (zarin, Y-gazlar va boshqalar) hamda ularni qoʻllash vositalari — raqstalarning ZM toʻldirilgan jangovar qismlari, artilleriya snaryadlari, minalar, aviatsiya bombalari, kassetalar, fugaslar, granatalar va boshqalar. Ular aviatsiya, turli moslamalar, purkagich va aerozol generatorlar yordamida ham tarqalishi mumkin. Shikastlovchi taʼsiri qancha vaqt saqlanishiga qarab, Kimyoviy qurollar turgʻun (bir necha soat, sutka, hafta, oylab saqlanadigan) va noturgʻun (bir necha minut saqlanadigan) turlarga boʻlinadi. Kimyoviy qurollar, asosan, dushmanning jonli kuchlari (qoʻshin)ga qarshi ishlatish uchun moʻljallanadi, lekin tinch aholiga, hayvonot dunyosiga ham xavf tugʻdiradi, atrof-muhitni zaharlaydi, ekinzorlarni nobud qiladi[1].
Kimyoviy qurol turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga koʻra farqlanadi:
- zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga taʼsiri;
- taktik maqsadi;
- taʼsir qilish tezligi;
- zaharllovchi taʼsirning davomiyligi;
Zahrlovchi moddalarning taʼsir turi ham keng:
- halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yoʻqotishlar keltirib chiqarishga yoʻnaltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi.
- Teri qavatlari va koʻzga kuchli toksik taʼsir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik oʻzgarishlar (yiringlar, yaralar, oʻsmalar) keltirib chiqarish va koʻrish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol boʻla oladi.
- Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga taʼsir koʻrsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi.
- Boʻguvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yoʻllari va oʻpkani zaharlaydi. — Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega.
Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud boʻlib, ular, odamni oʻlimga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik oʻzgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yoʻqolishi, vasvasa, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan koʻpincha gʻarb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid 3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi.
Kimyoviy qurolni qoʻllash tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kimyoviy qurollar nemis armiyasi tomonidan 1915-yilda Ikri (Belgiya)dagi jangda qoʻllangan. Keyinchalik boshqa armiyalar ham qoʻllay boshladi. Kimyoviy qurollar Jeneva bayonnomasi (1925) bilan taqiqlangan. Biroq baʼzi tajovuzkor mamlakatlar bu bayonnomani bir necha bor buzishgan (masalan: AQSH Koreya va Vyetnamda, Isroil Livanda Kimyoviy qurollarni qoʻllagan).
Qrim urushida (1854-yil) Sevastopol qamali vaqtida ingliz harbiylari maxsus qoʻlansa moddalar — odorantlardan foydalanishgan (sassiq qoʻzan effekti). Vyetnam urushida esa AQSH armiyasi defoliant moddalarni qoʻllagan. Bunda Vyetnam ozodlik armiyasi yashiringan qalin changalzorlardagi barglarni toʻkish maqsadi boʻlgan boʻlsa ehtimol.
I jahon urushida kimyoviy qurollar qoʻllash boshlanganida, ular jang nuqtai nazaridan kam samarali boʻlib chiqdi. Kimyoviy qurolning taʼsir samarasi koʻp jihatdan ob havoga — shamolmimg yoʻnalishi va kuchiga bogʻliq edi. Qoʻllovchi tarafning oʻzi ham oʻz kimyoviy qurolidan jiddiy talofotlar koʻrardi va anʼanaviy artilleriyadan kam foyda keltirardi. Keyingi urushlarda esa I jahon urushidagidek katta miqiyosda kimyoviy qurollar qoʻllanilmagan boʻlsa-da baribir alohida holatlarda ulardan foydalanish kuzatilgan.
Masalan:
- 1920 −1926-yillardagi Rif urushida Ispaniya va Fransiya tomonidan;
- 1935-1936-yillardagi ikkinchi Italiya-Efiopiya urushida italyanlar tomonidan;
- 1937-1945-yillarda ikkinchi Yapon-Xitoy urushida Yaponiya;
- 1938-yil, Xasan koʻlidagi SSSR va Yaponiya mojarosida Sobiq ittifoq tomonidan;
- 1941-1945-yillar II jahon urushida fashistlar tomonidan (Adjimushkay tosh yomgʻiri);
- Tonkin janjalida (Vyetnam urushi) 1957-1975, har ikkala taraf;
- Yaman fuqarolar urushida, 1962-1970-yillar Misr armiyasi;
- 1980-1988-yillardagi Eron — Iroq urushida har ikkala taraf;
- 2003-yil Iroq urushida qoʻzgʻolonchilar tomomidan kilmyoviy qurollar qoʻllangan.
- 2013-yil Suriyada avj olgan ichki qurolli mojaro sabab, hukumat kuchlari va qurollangan jangarilar ortasidagi harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan.
- Bundan tashqari 1995-yili Tokio metrosida „Aum Senrikyo“ terrorchi guruhi Zarin gazi bilan qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirgan. II jahon urushida, fashistlar, bosib olingan hudud aholisini va harbiy asirlarni konslagerlarda ommaviy qirgʻin qilish uchun Tsiklon-B nomli kimyoviy quroldan foydalanishgan.
Kimyoviy quroldan foydalanishni taʼqiqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kimyoviy quroldan foydalanishni bekor qilishga, bir necha xalqaro kelishuvlarga orqali urinib koʻrilgan.
Ulardan dastlabkisi 1889-yilgi Gaaga konvensiyasi boʻlib, uning 23-moddasida „Qoʻllanishning yagona maqsadi faqat tirik dushmanni oʻldirish boʻlgan harbiy aslahalarni taʼqiqlash“ga xalqaro miqiyosda kelishilgan. Keyinchalik, I jahon urushidagi ayanchli asoratlarni inobatga olgan holatda, 1925-yilda Kimyoviy qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. 1993-yilga kelib esa, Kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va amalda qoʻllashni taʼqiqlash hamda, mavjud kimyoviy qurollarni yoʻq qilish maqsadida yana bir maxsus xalqaro konvensiya qabul qilindi.
Parij konvensiyasi (1993)ga muvofiq, Kimyoviy qurollar zahiralari butunlay yoʻqotilishi lozim. Ular inson salomatligi va tabiat uchun oʻta xavfli boʻlganligidan ularning zahiralarini yoʻqotish ishlari maxsus obʼyektlarda amalga oshiriladi. 1993-yil maʼlumotlariga koʻra, Kimyoviy qurollar zahiralari Rossiya (sobiq Ittifoq) da 40 ming tonnani, AQSH da 29 ming tonani tashkil etgan. Ikkinchi jahon urushida nemislardan qolgan (trofey) Kimyoviy qurollar zahirasi (taxminan 300 ming tonna) dengizga choʻktirib yuborilgan[2].
Kimyoviy qurollar bugungi kunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirda jahon boʻyicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirgʻin qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan taʼqiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993-yildagi xalqaro kelishuvga koʻra qatʼiy toʻxtatilgan. Biroq, shunga qaramay, soʻnggi vaqtlarda taʼqiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qoʻllanilayotganligi haqidagi xabarlar gʼarb OAVlari boshchiligida, tobora koʻp tarqatilmoqda. Xususan, 2011-yilda boshlangan „Arab bahori“ inqilobiy toʻlqini taʼsirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat eʼtiborida boʻlib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy toʻqnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qoʻllagani nomaʼlum boʻlsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Kimyoviy qurollar haqida...
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.stopusa.be/scripts/texte.php?section=CL&langue3&id=24471 (Wayback Machine saytida 2006-08-27 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2006-08-27 sanasida arxivlangan)
- http://www.monde-solidaire.org/spip/article.php3?id_article=2295 (Wayback Machine saytida 2006-05-27 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2006-05-27 sanasida arxivlangan)
- Harbiy zaharlovchi moddalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |